Savol
Insoniyat, Xudoning suratida va o'xshash yaratilgan degani nimani anglatadi (Ibtido 1:26-27)?
Javob
Yaratilishning oxirgi kuni Xudo shunday dedi, "Endi inson zotini yarataylik, ular O'z suratimizday, O'zimizga o'xshagan bo'lsin (Ibtido 1:26). Shunday qilib, U O'z ishini "shaxsiy teginish" bilan yakunladi. Xudo odamni tuproqdan yaratdi va O'zining nafasi bilan bo'lishib, unga hayot berdi (Ibtido 2:7). Shunga ko'ra, insoniyat Xudoning barcha ijodlari orasida noyob bo'lib, moddiy jism va moddiy bo'lmagan jon/ruhga ega bo'ldi.
Xudoning "surati" yoki "o'xshashlik" mavjudligi, eng oddiy ma'noda, biz Xudoga o'xshash yaratilganimizni anglatadi. Odam Ato tana va qonga ega bo'lgani uchun Xudoga o'xshamadi. Muqaddas Yozuv «Xudo bu ruhdir» deb aytadi (Yuhanno 4:24) va shuning uchun tanasiz mavjuddir. Biroq, odamning tanasi, albatta, Xudoning hayotini aks ettirgan, chunki u mukammal salomatlikda yaratilgan va o'limga loyiq bo'lmagan.
Xudoning tasviri (lotin.imago dei) insoniyatning moddiy bo'lmagan qismini nazarda tutadi. U odamlarni hayvonot dunyosidan ajratib, Xudo yer yuzi ustidan boshqarishni xohlagan hukmronlikka ular mos kelar edi (Ibtido 1:28) va ularga Yaratuvchisi bilan muloqot qilish imkoniyatini berdi. Bu aqliy, axloqiy va ijtimoiy o'xshashlik.
Aqliy jihatdan insoniyat aql-idrokli, kuchli irodali vakil sifatida yaratilgan. Boshqacha aytganda, odamlar fikr yuritishlari va tanlashlari mumkin. Bu, aqlni va Xudoning erkinligini aks ettiradi. Har safar agar kimdir mashina ixtiro qilganda, kitob yozganda, tabiatni chizganda, simfoniyadan bahramand bo'lganda, pulni hisoblab chiqqanda yoki hayvonlarni chaqirganda, bu Xudoning suratida va Unga o'xshash yaratilganimizni e'lon qiladi.
Axloqiy jihatdan insoniyat solihlikda va mukammal begunohlikda, Xudoning muqaddasligini aks ettirish uchun yaratilgan. Xudo qilgan hamma ishlarini (shu jumladan, insoniyatni) ko'rdi va uni "juda yaxshi" deb atadi (Ibtido 1:31). Bizning vijdonimiz, yoki "axloqiy kompas" — bu avvalgi asl holatning qoldig'idir. Har safar agar kimdir qonunni yozganda, yomonlikdan qochganda, yaxshi xulq-atvorni maqtaganda yoki o'zini aybdor his qilganda, u biz Xudoning suratida va o'xshash yaratilganimizni tasdiqlaydi.
Ijtimoiy jihatdan insoniyat muloqot qilish uchun yaratilgan. Bu Xudoning uchta tabiatini va uning sevgisini aks ettiradi. Adan bog'ida, insonning asosiy munosabatlari Xudo bilan bo'lgan (Ibtido 3:8 Xudo bilan muloqotni anglatadi) va Xudo birinchi ayolni yaratdi, chunki "odamning yolg'iz bo'lishi yaxshi emas" (Ibtido 2:18). Har safar agar kimdir turmush qursa, do'stlar orttirsa, farzandini quchoqlaganda yoki jamoatga borganida, bizning Xudoga o'xshash yaratilganimizning haqiqat ekanligini ko'rsatadi.
Qisman, Xudoning suratida va o'hshashligida Odam Ato erkin tanlash qobiliyatiga ega edi. Ularga solih tabiat berilgan bo'lsa-da, Odam Ato va Momo Havo o'z Yaratuvchisiga qarshi isyon ko'tarish uchun noto'g'ri tanlov qildilar. Shunday qilib, ular o'zlarining ichidagi Xudoning suratini buzdilar va bu buzuq o'xshashlikni barcha avlodlariga yetkazdilar (Rimliklarga 5:12). Bugun biz hali ham Xudoning suratiga egamiz (Yoqub 3:9), lekin biz ham gunohning izlarini ko'tarib yuribmiz. Aqliy, axloqiy, ijtimoiy va jismoniy jihatdan biz gunohning oqibatlarini ko'rsatamiz.
Xushxabarga ko'ra, Xudo insonni qutqarganda, U "haqiqiy solihlik va muqaddaslikdan iborat bo'lgan yangi tabiatga burkab" (Efesliklarga 4:24), Xudoning asl suratini tiklashga kirishadi. Bu qutqarish, faqat bizni Xudodan ajratadigan gunohdan, qutqaruvchi sifatida Iso Masihga ishonish orqali, Xudoning inoyati orqaligina mavjuddir (Efesliklarga 2:8-9). Masih orqali biz Xudoning o'xshashligi bilan yangi ijodga aylanamiz (2 Korinfliklarga 5:17).
English
Insoniyat, Xudoning suratida va o'xshash yaratilgan degani nimani anglatadi (Ibtido 1:26-27)?