settings icon
share icon
Savol

O’limdan keyin jannatga tushamanmi?

Javob


Siz abadiy hayotga egaman va o’limdan keyin jannatga tushaman, deb ishonasizmi? Xudo bunga amin bo’lishingizni istaydi, shuning uchun Muqaddas Kitobda shu so’zlar yozilgan : “ Men bularni sizlar abadiy hayotga egaligingizni bilinglar, deb yozdim. Chunki sizlar Xudoning O’g’li nomiga imon keltirgansizlar” – 1-chi Yuhanno 5:13. Tassavur qiling, siz Xudoning huzurida hozir turibsiz va U sizdan : “ Nima uchun Men seni jannatga kiritishim kerak?” - deb so’rayapti. Siz Unga nima deb javob berardingiz? Balki siz nima deb, javob berishni ham bilmaysiz….. Darkol shuni bilishingiz kerakki , Xudo bizni sevadi va U biz uchun najot yo’lini oldindan tayyorlab qo’ygan, shunga asoslanib biz abadiylikda bo’lamiz degan, ishonchga ega bo’lishimiz mumkin. Muqaddas Kitobda bu haqida shunday yozilgan: “ Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O’zining yagona O’g’lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi haloq bo’lmasin, balki abadiy hayotga ega bo’lsin” - Yuhanno 3:16.

Avvalom bor biz shuni tushunishimiz kerakki, jannat yo’lida qanday to’sqinchilik bo’lishi mumkin? Muammo esa shundaki, gunohkor tabiatimiz, Xudo bilan bo’ladigan munosabatimizga qarshi chiqadi. Biz gunohkormiz – borliqda ham tanlovda ham. “ Hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug’vorligidan mahrumdir” – Rimliklar 3:23. Biz o’z-o’zimizni qutqarolmaymiz: “ Ha sizlar Xudodan inoyat topib, imoningiz tufayli qutulgansizlar. Bu - Xudoning in’omi sizning yutug’ingiz emas. Yana hech kim: Men savob ishlarim tufayli qutulganman ,deb maqtanmasin” – Efesliklar 2:8-9. Va bizlar o’lim va do’zaxga loyiqmiz: “ Gunohning evazi – o’lim” Rimliklar 6:23.

Xudo Muqaddas va gunohni jazolashi kerak, lekin U bizni sevadi va gunohlarimizni kechiryapti. Iso Masih dedi: “ Men yo’l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otamning oldiga borolmaydi” –Yuhanno 14:6. U biz uchun xochda o’ldi: “ Chunki Masih ham bizni Xudoga yaqinlashtirish va gunohlarimizni yuvish uchun bir marta azob chekib, o’ldi. O’zi solih kishi bo’lgani holda, gunohkorlar uchun qurbon bo’ldi” – 1-chi Butrus 3:18. Iso “… bizning gunohlarimiz uchun o’limga topshirildi va oqlanishimiz uchun tirilib keldi” – Rimliklar maktubi 4:25.

Boshida berilgan savolga yana qaytsak: “ O’limdan keyin men jannatga tushamanmi?”. Shu faqatgina yagona to’g’ri javob: “ Rabbimiz Iso Masihga ishongin, sen o’zing va butun xonadoning najot topasizlar”- Havoriylar 16:31. “ Uni qabul qilganlarga esa, barcha Uning nomiga imon keltirganlarga u Xudoning farzandi bo’lish iqtidorini berdi” – Yuhanno 1:12. Sizlar abadiy hayotni TEKINGA olishingiz mumkin: “ Xudonig in’omi esa Rabbimiz Iso Masih qiyofasidagi abadiy hayotdir” – Rimliklar 6:23. Siz hozirdanoq to’liq va mamnun hayot bilan yashashingiz mumkin. Iso dedi: “ O’g’ri faqat o’g’irlash, bo’g’izlash, barbod qilish uchun keladi. Men esa ularga hayot, farovon hayot berish uchun kelganman” – Yuhanno 10:10. Va sizlar abadiy hayotni U bilan jannatda o’tkazishingiz mumkin, ahir U : “ Mana Men borib sizlarga joy tayyorlaymanu yana kelib, Men bo’lgan joyda bo’lishingiz uchun sizlarni oldimga olib ketaman” – deb vada bergan ( Yuhanno 14:3).

Agar siz Xudodan kechirim olib , Iso Masihni o’z Najotkoringiz, deb qabul qilishingizni xohlasangiz, shu ibodatni ayting. Esingizda tursin - ibodatni o’zi sizni qutqarmaydi, faqat Iso Masihga bo’lgan imoningiz sizga kechirim berishi mumkin! Bu ibodat Xudoga bo’lgan imoningizni va kechirimga bo’lgan minnadorchiligingizni ko’rsatoladi: “ Xudovand! Men Sening oldingda gunoh qilganimni va jazoga loyiq ekanligimni bilaman. Lekin Iso Masih menga tayinlangan jazoni O’ziga oldi va Unga bo’lgan imonim tufayli men kechirildim. Men o’z gunohimni Senga berdim va ishonaman - Sen mening Najotkorim. Menga bo’lgan inoyating va kechiriming uchun rahmat Omin!”

Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

O’limdan keyin jannatga tushamanmi?
© Copyright Got Questions Ministries