Savol
Qanday qilib men gunohlarimdan Xudodan kechirim olishim mumkin?
Javob
Havoriylar kitobi 13:38da: “Endi ey birodarlar, mana shu sizlarga ma’lum bo’lsinki, ushbu Iso nomidan gunohlaringiz kechirilishi e’lon qilinmoqada” – deb tasdiqlanyapti.
Kecirim nima degani va nima uchun men unga muhtojman?
“Kechirish” so’zi, toza qilib artishni, kechirishni, qarzni bekor qilishni bildiradi. Qachonki biz biron – kimni xafa qilib qo’ysak, unda biz munosabatlarimizni tiklash uchun kechirim so’raymiz. Kechirim kimdir unga loyiq bo’lsagina berilmaydi. Hech kim kechirimga loyiq ish qilmagan. Kechirim -- bu sevgi, shavqat va marhamat aktidir. Kechirish—bu boshqa odam bizga nisbatan nima qilganidan qat’iy nazar, unga hech qanday qarshilikga ega bo’lmaslikir.
Muqaddas Kitobda hammamiz Xudoning kechirimiga muhtojligimiz va biz hammamiz gunoh qilganligimiz yozilgan. Ekklesiast kitobi 7:20chi matn: “ Yer yuzida solih kishi yo’q, yaxshilik qilib, gunoh qilmaydigan hech kim”-deb e’lon qilyabti. 1-chi Yuhanno maktubi 1:8da aytilgan: “ Agar gunohimiz yo’q desak, o’z— o’zimizni aldagan bo’lamiz va ko’nglimizda haqiqat bo’lmaydi”. Asli ma’noda, har-qanday gunoh Xudoga qarshi chiqish aktini bildiradi( Zabur kitobi Sano 52:4). Shu sababli bizlar mushkul ahvolimiz bilan Xudoga muhtojmiz. Agar bizning gunohlarimiz kechirilmasa, bizlar shu oqibatni chidab, mangulikni o’tkazamiz ( Matto Xushxabari 25:46; Yuhanno Xushxabari 3:36).
Kechirim—uni qanday qilib olsa bo’ladi?
Baxtimizga, Xudo – sevuvchi va shavqatli - bizning hamma gunohlarimizni kechirishni xohlaydi! 2Butrus maktubi 3:9 : “ ..Rabbimiz..imillamayapti. aksincha, U hech kimning halok bo’lishini istamay, hamma tavba qilsin, deb sabr-toqat bilan kutib turibti” – deb e’lon qilyabti. Xudo bizni kechirishni xohlaydi, Shuning uchun U bizga kechirimni ta’minlab berdi.
Gunoh uchun yagona adolatli jazo -- bu o’limdir. Rimliklar maktubi 6 bob 23 misraning birinchi qismida yozilgan: “ Gunohning evazi – o’lim…” –deb. Abadiy o’lim -- bu gunohlarimiz uchun loyiqligimiz. Lekin Xudo O’zining mukkamal rejasi bo’yicha odam bo’ldi—Iso Masih ( Yuhanno xushxabari 1:1,14). Iso Xo Chda o’ldi va bizning o’lim jazoimizni O’ziga oldi. 2chi Korinfliklar maktubi 5:21 bizga o’rgatadi: “ Xudo bizni O’ziga ma’qul, solih deb bilish uchun, gunohni hech bilmagan Masihni biz uchun gunohga aylantirdi”-deb. Iso xochda o’ldi, u bizning gunohimiz uchun to’lov berdi! Isoning o’limi Xudo bo’lib, butun dunyoni gunohlarini kechirilishini ta’minlab berdi. 1chi Yuhanno maktubi2:2: “ Uning O’zi yolg’iz bizning gunohlarimiznigina emas, balki butun dunyoning gunohlarini yuvish uchun qurbon bo’ldi”-deydi. Iso o’liklar ichidan tirilib, gunoh va o’lim ustidan g’alabasini e’lon qildi ( 1chi Korinfliklar maktubi 15: 1-28). Xudoga ming shukurlar bo’lsinki, Iso Masihning o’limi va tirilishi orqali, Rimliklar maktubi 6:23 misra o’z davomiga ega “ … Xudoning in’omi esa Rabbimiz Iso Masih qiyofasidagi abadiy hayotdir”.
Gunohlaringiz kechirilishini xohlaysizmi? Mana shu aybdorlik hissiyoti bormi sizda? Siz gunohlaringizni kechirilishini olishingiz mumkin, agar Iso Masihga o’z Qutqaruvchingiz, deb ishonsangiz. Efesliklar maktubi 1:7da yozilgan: “ Uning O’g’li esa qonini to’kib, bizning gunohlarimizni yuvdi. Xudoning bu cheksiz inoyati tufayli biz barcha aybu gunohlarimizdan forig’ bo’ldik”. Iso bizning o’rnimizga qarzimizni to’ladi, kechirim olishimiz uchun. Siz qilishingiz mumkin bo’lgan narsa, bu Xudo sizning gunohlaringizni kechirishini so’rashingiz, Iso Masih, U sizning kechirilishingiz uchun to’lov berganiga imoniz orqali -- va shunda Xudo sizni kechiradi! Yuhanno Xushxabari 3:16-17 ajoyib maktubdan iboratdir : “ Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O’zining yagona o’g’lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo’lmasin, balki abadiy hayotga ega bo’lsin. Xudo olamni hukm qilish uchun emas, balki O’g’li orqali qutqarish uchun O’g’lini dunyoga yubordi”.
Kechirish – nahotki bu oddiy bo’lsa?
Ha, bu shunday! Siz Xudoda kechirimga sazovor bo’lolmaysiz. Kechirimni sotib olish mumkin emas. Siz uni faqat imon orqali ololasiz, Xudoning iltifoti va marhamati tufayli. Agar siz Iso Masihni o’z Qutqaruvchingiz, deb qabul qilishni xohlasangiz va Xudodan gunohlaringiz kechirilishini olishni xohlasangiz, keyingi ibodatni ayting. Esingizda bo’lsin—ibodatni o’zi najotga olib kelmaydi, faqat Iso Masih gunohlarimiz kechirilishini ta’minlab berganiga ishonsakgina qutqarilamiz. Bu ibodat -- Xudoga ishonishingiz va U sizga najotni ta’minlab berganiga minnadorchilik bildirishingizni bir usuli. “ Xudovandi! Men bilaman Sizning ko’z oldingizda gunoh qildim va jazoga loyiqman. Lekin Iso Masih menga tayyorlangan jazoni O’ziga oldi, Unga imonim orqali kechirim olishim uchun. Men gunohimni Sizga beraman va Siz-- mening najotim ekanligizga ishonaman. Rahmat Sizga menga bo’lgan iltifotingiz va kechirimingiz uchun, Omin!”
Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.
English
Qanday qilib men gunohlarimdan Xudodan kechirim olishim mumkin?