settings icon
share icon
Savol

Yuqoridan tug’ilgan masihiy nimani anglatadi?

Javob


Shunday qilib - yuqoridan tug’ilish bu nima? Bu savolga Injildagi matn, Yuhanno bayon etgan Muqaddas Xushxabari 3:1-21da javob beryapti.Iso Masih taniqli farziy va Senedrion( Yahudiy boshliqlar) azosi Nikodim bilan suhbat olib boryapti. Nikodim Isoni oldiga tunda keldi, uni xavotirga solgan savollarni berish uchun.

Nikodim bilan suhbatlashayotib, Iso aytdi: “ Senga rostini aytay: agar kim yuqoridan tug’ilmasa, Xudo saltanatini ko’rolmaydi.” Nikodim so’radi: “ Keksa odam yana qanday tug’ila oladi? Onasining qorniga ikkinchi gal kirib tug’ila oladimi?” Iso javob berdi: “Senga rostini aytay: agar kim suvdan va Ruhdan tug’ilmas ekan, Xudo saltanatiga kirolmaydi.Tanadan tug’ilgan tanadir, Ruhdan tug’ilgan esa Ruhdir. Sizlar yuqoridan tug’ilishingiz kerak, deganimda taajublanma.”( Yuhanno maktubi 3:3-7).

Nikodim haqiqiy muhtojga ega edi. Yuragini o’zgarishi u uchun zarur edi, demak ruhiy o’zgarish. Yangi hayot yoki yuqoridan tug’ilish, shunday ro’y beradi, Xudoga ishongan va abadiy hayotga ega bo’lgan odamda ro’y beradi.( 2-chi Korinfliklarga5:17;Titusga3:5; 1-chi Butrus 1:3;1-chi Yuhanno2:29; 3:9; 4:7; 5:1-4,18) Shuningdek Yuhanno bayon etgan Muqaddas Xushxabari 1:12,13da “yuqoridan tug’ilish” ko’rsatadiki, Iso Masihga imonimiz orqali, bizlar Xudoning farzandi bo’lish iqtidorini olamiz.

Bundan mantiq savol kelib chiqyapti: “ Nima uchun bizlarga yuqoridan tug’ilish kerak?” Havoriy Pavlus Efesliklar maktubi 2:1da aytyapti: “ Sizlar bir vaqtlar gunoh va jinoyatlaringiz tufayli ruhan o’lgan edingizlar…”Rimliklar maktubi 3: 23da yozgan : “ Hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug’vorligidan mahrumdir.” Shular sababli, bizlar yuqoridan tug’ilishga muhtojmiz, gunohlarimiz tufayli kechirim olish uchun va Xudo bilan munosabatlarimizni tiklash uchun.”

Qanday qilib bu sodir etadi? Efesliklar maktubi2: 8,9 tasdiqlaydi: “ Ha, sizlar Xudodan inoyat topib, imoningiz tufayli qutulgansiz. Bu – Xudoning ino’mi, sizning yutug’ingiz emas. Savob ishlarimiz tufayli qutulmaganmiz.” Odam “ qutqarilganidan” keyin, yuqoridan tug’ilish ,ruhiy yangilanish tufayli va hozir yangi tug’ilish orqali u Xudoning farzandi bo’ladi. Bizlar Iso Masihga va Xojdagi o’limi orqali bizlarni gunohlarimizga to’lov berganiga ishonsak bizlar “ ruhiy tug’ulish”ni olamiz. “….kim Masihga tegishli bo’lsa, u yangi ijoddir…” (2-chi Korinfliklar birinchi qismi5:17)

Agar Muqaddas Ruh Iso Masihni o’z Qutqaruvchingiz deb qabul qilishingizni o’rgatayotgan bo’lsa, unda sizlar yuqoridan tug’ilishingiz kerak. Tavba ibodati bilan ibodat qilishni xohlaysizmi, va bugungi kunni o’zidayoq yangi ijod bo’lishni xohlaysizmi? “ Uni qabul qilganlarga esa, barcha Uning nomiga imon keltirganlarga u Xudoning farzandi bo’lish iqtidorini berdi. Ular na qondan, na tana xohishidan, na er xohishidan, balki Xudodan tug’ildilar.” (Yuhanno 1:12-13)

Agar shunday bo’lsa, mana sizlar uchun oddiy ibodat. Bu ibodatni o’zi yoki boshqa ibodatni aytishiz qutqaruvga olib kelmaydi, faqat Iso Masihga bo’lgan imoningiz sizni qutqaradi. Bu ibodat- Xudoga ishonishimiz va bizlarni qutqargani uchun minnadorchilik bildirish yo’li. “ Xudovandim! Sizni oldingizda gunoh qildim va shu gunohim uchun jazoga loyiq ekanligimni bilaman. Lekin Iso Masih men uchun tayyorlangan jazoni O’ziga ko’tardi, Unga imonim orqali, kechirim olishim uchun. O’z gunohimni Sizga topshiraman va ishonaman, Siz - mening Qutqaruvchimsiz. Rahmat Sizga menga bo’lgan shavqatiz va kechirimingiz uchun! Omin!”

Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Yuqoridan tug’ilgan masihiy nimani anglatadi?
© Copyright Got Questions Ministries