Savol
Rim – najotga yo’l” degani nima?
Javob
Muqaddas Kitobning Rimliklar maktubidan, Xushxabar va’zida foydalanish uchun olingan misralar, “ rim najot yo’li”, deb ataladi. Bu oddiy usul orqali, biz nima uchun najotga muhtoj ekanligimizni, Xudo uni qanday berganligi, uni qanday qabul qilishimiz mumkinligini va qutqaruv natijasi qanday bo’lishini, tushuntirolamiz.
Rimliklar 3:23 maktubining birinchi misrasi, qutqaruvga najot yo’li haqida yozilgan: “ Xamma gunoh qilgan va Xudoning ulug’vorligidan maxrumdir”. Biz hammamiz gunohkormiz va begunoh hech kim yo’q. Har birimiz o’z hayotimizda Xudoga noma’qul ish qilganmiz. Hayotimizdagi gunoh haqida, Rimliklar 3:10-18da batavsil yozilgan.
Qilgan gunohlarimizning jazosi o’lim. Nafaqat tanaviy o’lim, balki ruhiy ham! Buni bizga Rimliklar 6:23 “ rim yo’lining” ikkinchi misrasi , gunohning natijasini, ochib beryapti: “ Gunohning evazi – o’lim, Xudoning in’omi esa Rabbimiz Iso Masih qiyofasidagi abadiy hayotdir”.
“ Najot yo’lining” uchinchi misrasi oldingi misrani davom etdiradi: “ Lekin biz hali gunohga botgan chog’imizda, Masih biz uchun o’ldi. Bu Xudoning bizga bo’lgan muhabbatidan dalolatdir” - Rimliklar 5:8. Iso Masih biz uchun o’ldi! Uning o’limi bizning gunohlarimizni to’lovi bo’ldi. Iso Masihning qayta tirilishi, Xudo Uning o’limini, bizning gunohlarimizning to’lovi, deb qabul qilganini tasdiqlaydi.
Rimliklar 10:9: “ Agar sen Isoni Rabbim deb, og’zing bilan ochiq iqror etsang va Xudo Uni tiriltirganiga chin yurakdan inonsang, najot topasan” – degan misralari, “ Rim yo’li” ning to’rtinchi to’xtovi bo’ladi. Demak, najot topishimiz uchun, Iso Masihning o’limi tufayli, biz faqat Unga va Uning qurbonlik to’loviga, ishonishimiz kerak. Rimliklar 10:13da yozilgan: “ Rabbimiz ismini chaqiradigan har bir kishi najot topadi”. Iso Masih, qilgan gunohimizni jazosini O’ziga, bo’yniga olib, o’ldi va bizni abadiy o’limdan qutqardi. Iso Masihni Rabbim va Najotkorim degan har bir gunohkor , kechiriladi va najot topadi.
“Rim yo’li”ning beshinchi misrasi - bu najotning natijasidir. Rimliklar 5:1 ajoyib xabarni keltiryapti: “ Rabbimiz Iso Masihga bo’lgan imoningizni inobatga olib, Xudo bizni oqladi va biz bilan sulh tuzdi”. Iso Masih orqali biz Xudo bilan yarashimiz mumkin. Rimliklar 8:1da : “ Shunday qilib, Iso Masih ummati bo’lganlarga qarshi endi hech bir mahkumlik yo’qdir” - deb yozilgan. Biz qilgan gunohimiz uchun hukm etilmaymiz, chunki Iso Masih bizning o’rnimizga o’ldi.
Rimliklar 8:38-39: “ Men aminmanki na o’lim va na hayot, na farishtalar va na jin - ajinalar, na hozirgi va na kelgusi hodisalar, na balandliklar va na chuqurliklar hamda na yaratilgan boshqa, biron mavjudot Rabbimiz Iso Masih shahsidagi Xudo sevgisidan bizni judo qilishiga qodir emas” - degan va’da “ rim najot yo’li” ning ohirgi natijasi bo’ladi.
Siz “rim yo’li” orqali najotga yetishishni xohlaysizmi? Agarda ha desangiz, shu ibodat orqali siz Xudoga iltijo qilishingiz mumkin. Bu ibodat, siz Iso Masihga tayanib, Uni najotkorim deb, Xudoga yetkizayotganingizni bildiradi. So’zlarning o’zi sizni qutqarmaydi, lekin Iso Masihga bo’lgan imoningiz orqali, najotga erishasiz! “ Xudovandim, men Sening oldingda gunohkorman va jazoga loyiqman. Lekin Iso Masih meni o’rnimcha jazoni O’ziga oldi va men Unga ishonganim uchun kechirilishim mumkin. Sening yordaming bilan o’zimning gunohimdan voz kechaman va Sen mening Najotkorim ekanliginga ishonaman. Abadiy hayot in’omi – menga bo’lgan mehring va kechiriming uchun rahmat! Omin!”
Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.
English
Rim – najotga yo’l” degani nima?