settings icon
share icon
Savol

Tillar in’omi nima degani? Hozirgi kunda tillar in’omi mavjudmi? No’malum tillarda ibodat qilish nima degani?

Javob


Birinchi marta Ellikchilar kuni paytida o’zga tillarda gapirishilari Havoriylar 2:2-4da yozilib, eslab o’tilyapti. Havoriylar to’plangan xalqqa, ular bilan ularning tillarida Xushxabarni yetkazishib, so’zlashardilar “ kritliklar bilan arablar ham bizning tillarimizda Xudoning ulug’ ishlari haqida gapirayotganlarini eshityapmiz” ( Havoriylar 2:11). Shuning uchun, tillar in’omi – noma’lum tilda so’zlashishni bilishdir, boshqalarga bu ona tili bo’lganligi sabab va’z aytish mumkin bo’lishi uchun. 1- chi Korinfliklar 12 va 14boblarda Pavlus turli hil in’omlarni yozib, shuningdek “ birodarlar, men sizlarning oldingizga kelib, noma’lum tillarda gapira boshlasamu, biroq aytganlarimning ma’nosini vahiy, bilimli kalom,bashorat yoki ta’limot bilan talqin qilmasam, sizlarga qanday foyda keltiraman?”- deb izohlab o’tyapti ( 1-chi Korinfliklar14:6). Havoriy Pavlus roziligi, shuningdek Havoriylarda tillarda gapirish yozib o’tilishi bo’yicha, tillar in’omi Xudoning maktubini o’zini tilida tinglaydiganlar uchun qimmatga ega, biroq, boshqalar uchun bu hech qanday foyda bermaydi -- agar faqat tarjima ( talqin) bilan ilova qilinmasa. Tillrnai talqin qilish in’omiga ega bo’lgan odam ( 1-chi Korinfliklar 12:30) o’zga tilda gapirib o’tilganni ma’nosini, agar hatto bu til unga notanish bo’lsa ham , tushuna oladi. Bunday talqinchi o’zga tilda aytib o’tilgan maktubni mazmunini, boshqalar ham tushuna olishlari uchun yetkiza oladi. “ Shuning uchun no’malum tilda gapiruvchi kishi ta’bir qilish In’omini olish uchun ham ibodat qilsin” ( 1-chi Korinfliklar 14:13). Oxirida, Pavlus tillardan tarjimasiz foydalanish haqida: “ Imonlilar jamoatiga esa noma’lum tilda son – sanoqsiz so’zlar gapirgandan ko’ra, boshqalarga nasihat qilish uchun oqilona besh so’z aytishni afzal bilaman”-deb xulosa qilyapti ( 1-chi Korinfliklar 14:19).

Hozirgi kunda tillar in’omi mavjudmi? 1-chi Korinfliklar 13:8da tillar in’omi yakunlanishi eslatilyapti, biroq bu “ kamolotga” erishilish bilan bog’liq 1-chi Korinfliklar 13:10. Ba’zi birlar Ishayo 28:11 va Yo’el 2:28-29ga tayanib, tillar in’omi mavjudligi, Xudoning hukmi yaqin ekanligi haqida dalolatdur deyishadi. 1-chi Korinfliklar 14:22 tillar, “ imonsizlar uchun alomat” bo’lib hizmat qiladi deb, yozilgan. Bu argumentga qo’shilgan holda, tillar in’omi, yahudiylar uchun Xudo Isroilni Iso Masihdan yuz o’girgani uchun, hukm etmoqchi ekanligi haqida ogohlantirish bo’lib hizmat qiladi. Shuning uchun , Xudo Isroilni jazolaganidan keyin ( Quddusdagi Rim qulashi, bizning eramizning 70 yillari), tillar in’omiga bo’lgan extiyoj mavjud bo’lishni to’xtadi. Garchi bu ehtimoliy nuqtai nazar bo’lsa ham, lekin tillar asosiy maqsadiga yetgan bo’lsa ham, ularga zaruriyatimiz yo’qoldi deganni bildirmaydi. Muqaddas Yozuv tillar in’omi butunlay to’xtatilganini ko’rsatmayapti.

Shu vaqtni o’zida, agar hozirda jamoatlarda tillar in’omi faol qo’llanilayotgan bo’lsa, unda bu Yozuv bo’yicha bo’lishi kerak. Bu hozirgi va tushunarli til bo’lishi kerak ( 1-chi Korinfliklar 14:10), Xudoning Kalomini boshqa tilda so’zlashadigan inson uchun yetkazish maqsadida ( Havoriylar 2:6-12). Shuningdek, Havoriy Paxlus aytkanidek, hammasi Xudoning buyurug’i bo’yicha sodir bo’lishi kerak “ Agar kim noma’lum tilda gapirmoqchi bo’lsa, ikki yoki eng ko’pi bilan uch odam navbat bilan gapirsin va bir kishi esa ta’bir qilsin. Agarda ta’bir qiluvchi bo’lmasa, noma’lum tilda gapiruvchi kishi imonlilar jamoatida jim tursin, o’ziga va Xudoga gapirsin” ( 1-chi Korinfliklar 14:27-28). Shuningdek 1-chi Korinfliklar 14:33ni unutmaslik kerak: “ Chunki Xudo tartibsizlik Xudosi emas, tinchlik Xudosidir. Xudoning barcha aziz jamoatlarida bo’lgani kabi”.

Xudo shubhasiz insonni tillar in’omi bilan mukofotlashi mumkin, boshqalar bilan ularning ona tillarida suhbatlashish imkoniyati bo’lishi uchun. Muqaddas Ruh - qobilyatlarni mustaqil har kimga taqsimlaydi ( 1-chi Korinfliklar 12:11). Tassavur qiling, missionerlarga chet tillarini yodlash kerak emas bo’lganda, va’z aytish qanchali oson kechar edi va ular insonlar bilan ularning ona tillarida so’zlashish in’omiga ega bo’lganida! Biroq bu sodir bo’lmayapti. Tillar in’omi hozirda, Yangi Ahd paytlarida mavjud bo’lgan usulida uchramaydi, bu juda qulay va foydali ekanligiga qaramasdan. Ko’pincha imonlilar o’zlarini tillar in’omiga egamiz deb, hisoblaydiganlar, bu in’omni yuqorida Yozuvdan aytib o’tilgan parchalarga ko’ra, boshqacha qo’llashadi. Bu faktlar shuni ko’rsatadiki, tillar in’omi to’xtagan yoki Xudoning bugungi jamoat uchun rejalarining, kam bo’ladigan qismi.

Tillar in’omiga bilim uchun “ ibodat tili” deb, ishonsa, 1-chi Korinfliklar 14:4ga yoki 14:28ga asoslangan bo’lishadi “ Noma’lum tilda gapiruvchi o’zini o’zi yashnatadi, bashorat qiluvchi esa imonlilar jamoatini yashnatadi”. Butun 14chi bobida Pavlus tarjimonni ( talqinchi) bo’lishi muhimligini ko’rsatib o’tyapti, 14:5-12ni qarang. 4chi misrada Pavlus shuni aytmoqchiki: “ agar noma’lum tillarda talqinsiz gapirsak, unda faqat o’zimizni yashnatgan bo’lamiz va insonlar oldida ruhoniy bo’lib ko’rinamiz. Agarda noma’lum tillarda bashorat bilan gapirsak, unda boshqalarni ham yashnatgan bo’lamiz”.

Yangi Ahdni hech qayerida “ noma’lum tillarda ibodat qilish” qo’llanmasi ko’rsatilmagan. Shuningdek, Yangi Ahdda “ noma’lum tilda ibodat qilish” maqsadi, yoki “ noma’lum tillarda ibodatni” qo’llagan insonni aniq misol qilib ko’rsatmagan. Ayniqsa, agar “ noma’lum tillarda ibodat” qilish o’zining ruhiy mukammalashishi uchun mo’ljalangan bo’lsa, unda bu tillar in’omiga, shu usul bilan mukammalashishga imkoniyatga ega bo’lmaganlarga nisbatan, adolatsizlik bo’lar edi. 1-chi Korinfliklar 12:29-30 shuni aniq ko’rsatyaptiki, har kim ham tillar in’omiga ega bo’lolmaydi.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Tillar in’omi nima degani? Hozirgi kunda tillar in’omi mavjudmi? No’malum tillarda ibodat qilish nima degani?
© Copyright Got Questions Ministries