Savol
Xudo bilan qanday yarashsa bo’ladi?
Javob
Xudo bilan yaqin munosabatlarimizni qaytadan boshlash uchun, avvalo ularni nima buzganligini bilishimiz kerak. Sababi, gunoh bo’lib chiqyabti. “ Yaxshilik qiluvchi hech kimsa yo’q, Hatto biror kishi ham yo’qdir” ( Zabur kitobi Sano13:3). Hammamiz Xudoga qarshi chiqqanmiz, “ Hammamiz qo’ylar kabi adashganmiz…” ( Ishayo kitobi 53:6)
Shunisi yomonki, gunoh uchun jazo, o’lim bo’lishi: “ gunoh qilayotgan jon, o’sha o’ladi” ( Iezekiil kitobi18:4). Lekin, yaxshi xabar shundaki, sevuvchi Xudo bizni qutqarish uchun, bizdan yuz o’girmadi. Iso aytgan, Uning maqsadi “….adashganni izlab topish va qutqarish” bo’lgan ( Luqo Xushxabari 19:10), va xochda o’lyatib, o’zining ovozi bilan vazifasini bajarganini e’lon qildi: “ Amalga oshdi!” - deb ( Yuhanno Xushxabari 19:30).
Xudo bilan bo’ladigan munosabatlarimizni qaytadan boshlash, gunohlarimizni etirof etishdan boshlanadi. Keyin esa, Xudoning oldida itoatli tavba ( Ishayo kitobi 57:15) va gunohni to’liq qoldirishga qaror qilish kerak. “ Chunki oqlanish uchun yurak bilan e’tiqod qilmoq, qutilish uchun og’iz bilan iqror bo’lmoq lozimdir” ( Rimliklar maktubi 10:10).
Tavba qilishimiz imondan kelib chiqishi kerak, Isoning o’limi va mo’jizaviy tirilishi , Uni bizga, Qutqaruvchimiz qilib berganiga. “ Agar sen Isoni Rabbim deb, og’zing bilan ochiq iqror etsang va Xudo Uni tiriltirganiga chin yurakdan ishonsang, najot topasan” ( Rimliklar maktubi 10:9). Muqaddas Kitobdagi ko’p boshqa matnlar, imonni zarurligi haqida, guvohlik beradi : Yuhanno maktubi 20:27; Havoriylar Maktubi 16:31; Galatiyaliklar maktubi 2:16; 3:11,26; Efesliklar maktubi 2:8.
Xudo bilan yarashish - bu U biz uchun nima qilgan bo’lsa, Unga biz javob berishimiz. U bizga Qutqaruvchini jo’nnatdi, U O’zini qurbonlikka berdi, bizning gunohimizni olish uchun ( Yuhannio Xushxabari 1:29) va U bizga vada beryabti ; … Xudovand ismini aytib chaqirgan har bir kishi najot topadi” ( Havoriylar maktubi 2:21).
Juda chiroyli tavba va kechirim haqidagi surat , adashgan o’g’il haqidagi masal bo’ladi( Luqo Xushxabari 15:11-32). Kenja o’g’li otasining davlatini ishlatib, axloqsiz yashab (13 misra), o’zini gunohkor ekanligini anglab yetkanidan keyin, uyga qaytishga qaror qildi ( 18 misra). U o’zining qilgan ishlaridan o’g’il deb, nomlanishga noloyiqman deb, hisoblardi ( 19 misra), lekin adashti. Otasi tavba qilgan isyonkorni avvalgidek yaxshi ko’rgan (20 misra). U hammasini kechirib va xursandchilik bilan uni orqaga qabul qildi ( 24 misra).
Xudo har doim O’zining vadalarini bajaradi, ko’pincha esa, bizni kechirish vadasini. “ Xudovand dili vayronlarga yaqindir, Ruhi tushkinlarni O’zi qutqarar” ( Zabur kitobi Sano 33:19).
Agar siz Xudo bilan yarashishni xohlasangiz, mana, siz uchun oddiy ibodat. Esingizda bo’lsin, ibodatni o’zi najotga olib kelmaydi, faqat Iso , gunohlarni kechirishni ta’minlab berganiga ishonsak, najotga erishamiz. Bu so’zlar - oddiy so’zlar, siz Xudoga ishonishiz va sizga najotni ta’minlab berganiga, Unga minnadorchilik bildirishiz yo’li. “ Xudovandim! Men bilaman, Sizni ko’z oldingizda gunoh qildim va jazoga loyiqman. Lekin Iso Masih menga tayyorlangan jazoni O’ziga oldi, Unga imonim orqali kechirim olishim uchun. Men o’zimning gunohimdan yuz o’girib va Siz- mening najotim ekanligizga ishonaman. Rahmat Sizga, menga bo’lgan iltifotingiz va kechirimingiz uchun! Omin!”
Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.
English
Xudo bilan qanday yarashsa bo’ladi?