Injilda o’nlik haqida nima yozilgan?




Savol: Injilda o’nlik haqida nima yozilgan?

Javob:
Ko’pchilik masihiylarni o’nlik haqida savol havotirga soladi. Shuningdek ko’pchilik masihiylar, Injildagi Xudoga qurbonlik chaqiruviga quloq solishmaydi. O’nlik va xayr-ehson xursandchilik va marhamat olib kelishi kerak. Afsuski, ohirgi vaqtlar jamoatlarda, b’azida bunday munosabatlar uchraydi.

Ushur – bu tushuncha Eski Ahddan. Qonun bo’yicha, hamma isroilliklar butun ishlab topganidan va o’stirib olganidan, undan o’n qismini Xudoning m’abadiga berishlari kerak edi.( Levit kitobi 27:30;Sonlar kitobi 18:26;2-chi Qonunlar kitobi 14:24; Paralipominonning 2-chi kitobi 31:5) B’azi birlar hisoblaydi, Eski Ahd o’nligi soliq yeg’ish yo’li bo’lgan, hizmatchilarni kamchiliklarini to’ldirish, shuningdek xayvonlarni sotib olib qurbonlik keltirish uchun. Yangi Ahd ushur berishni majburlamaydi, xatto masihiylarga soliq tuzumiga bo’yin sunmaslikni tavsiya etadi, lekin Pavlus jamoatni qo’llab turishga, imonliylarga ishlab topganodan, qismini berishlarini maslahat qiladi.( 1-chi Korinfliklar 16:1-2).

Yangi Ahdda na soni, na puldan foizi ko’rsatilmagan, faqat “ uning xolati berishka qancha ko’tarsa” shunchasini berishi kerakligi yozilgan.( 1-chi Korinfliklar 16:2) Hozirda masihiy jamoatlar Eski Ahddaqa 10% berishni tavsiya qiladi. Lekin masihiylar o’zini, har doim ushurni berishga majburman degan his bo’lishi kerak emas. Ularning xolati qancha bera olsa, shunchani berishlari kerak. Gohida bu o’n qismdan ko’proq bo’lishi mumkin,gohida esa oz. Hamma narsa masihiyni imkoniyatlaridan va jamoatning muhtojliklaridan bog’liq. Har bitta masihiy kuchli ibodat qilishi kerak va Xudoning donoligini so’rashi kerak – jamoatga qancha berish kerakligini to’g’ri qaror qilishda.( Yoqub1:5) “ Har kim norozi bo’lib yoki majburiyat bilan emas, balki ko’nglida niyat etganini bersin. Chunki Xudo rozi bo’lib beruvchini sevadi.” (2-chi Korinfliklarga 9:7).


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Injilda o’nlik haqida nima yozilgan?